TIGblogs TIG | TIGblogs GROUP TIGBLOGS LOGIN SIGNUP
Bunyod
Bunyod
Ichkilikbozlik.

ICHKILIKBOZLIK, GIYOHVANDLIK VA KASHANDALTK. ULARNING ZARARLI OQIBATLARI
I. Inson aqliy va jismoniy kamolot kushandalari.
Insoniyat tarixida o'tkir spirtli ichimlig ishlab chiqarilgandan buyon uning domiga tushib qolmaslik uchun kurashib kelinadi. Ammo o'tgan davrda «kayf beruvchi» bu sirli ichimlikning xilma-xil turlari yaratildi. Ular ilgaridan ma'lum may, sharob, boda va endilikda keng urfga kirgan aroq, konyak, balzam, vino, pivo va boshqa shunga o`xshash narsalardan iborat bo'lib, barchasi inson umrining egovi hisoblanadi. Tarkibida etil spirti bo'lganligidan mazkur ichimliklar iste'mol qilgan kishini ma'lum muddatga sarxush qiladi. Bu odatni tez-tez takrorlash esa, kishining alkagol domiga tushib qolishiga sabab bo`ladi.Afsuski, “kayf beruvchi” bu ichimlik yaralibdiki, inson unga qiziqib keladi. Ammo hozirgi davrda, hatto o'smiryoshlar, ayollar o`rtasida ham ichkilikbozlikka, giyohvand-ruju qo'yish hollari uchramoqda. Inson onadan ichuvchi yoki kashanda bo'lib tug'ilmaydi. Buni keltirib chiqaradigan bir qator sabablar mavjud. Tug'ilgan kunlarni nishonlash,chaqaloq dunyoga
bilan o'tkaziladigan turli uyushtiriladigan gap-gashtaklar, kechalari, xatna to'ylari, nikoh to'ylari, quda chaqiriq marosimlarda spirtli ichimliklarning tanovul etilishi bu illatning tomir otib ketishiga sabab bo'lmoqda. Ma'lumki, spirtli ichimliklarni iste'mol narkotik moddalarni chekish mamlaka son kamolotiga salbiy ta'sir etadi. Shuning uchun ichkilik va nashavandlikdan saqlanishga da'vat etiladi.Spirtli ichimliklar insonning ma'nan va aqlan rivojlanishiga katta zarar yetkazadi. Undan ortiqcha iste’mol qilgan kishi na oilasi uchun, na jamiyat uchun foyda keltiradi, balki ularning har ikkalasini ham izdan chiqaradi. Ichkilik odamni subutsiz, beburd, yolg'onchi, razil kishiga aylantirib qo'yadi. U miyaga qattiq ta'sir etib, jigarni, asabni ishdan chiqaradi, yurak faoliyatini zaiflashiradi.
Ichkilikka berilgan kishining hayoti fojia bilan tugaydi. U odam or-nomus, urf-odat va mulozamatlarni unutadi, rahm-shafqat degan tushunchalardan uzoqlashib ketadi, parishonxotir, nafosatsiz, didsiz bir maxluqqa aylanib qoladi.
Hakimlarning yozishicha, ichkilikka ruju qilgan kishida har turli illatlar paydo bo'ladi.
Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ma'naviy taraqqiyotiga zarba beruvchi illatlardan yana biri — giyohvandlikdir. Giyohvandlik ham ichkilikbozlik kabi inson salomatligining kushandasi hisoblanadi. Giyohvand asli nasha, qoradori, ko'knori va shu kabi narkotiklarni iste'mol qilishga odatlangan odamdir.

February 27, 2007 | 10:11 PM Comments  0 comments

Tags:
You must be logged in to add tags.


Bunyodbek's Profile


Latest Posts
Ichkilikbozlik.
dunyoning yetti...

Monthly Archive
October 2006
February 2007

Change Language


Filter By Type
News


3198 views
Important Disclaimer